Xush kelibsiz Mehmon!

Fayllarni ZIP formatida yuklash

Agar siz ko'p sonli rasmlarni bazaga joylamoqchi bo'lsangiz, unda ushbu xizmatdan foydalaning. U sizni hamma rasmlarni alohida-alohida tanlash va unga ketadigan ko'p vaqtingizni tejaydi. Siz barcha rasmlaringizni bitta ZIP arxivga joylaysiz va uni osongina bazamizga yuklaysiz. Agar siz Windows XP dan foydalansangiz ZIP arxiv tuzish sizda hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi chunki Windows XP da ZIP arxiv o'rnatilgan bo'ladi. Quyidagi tavsiyalardan foydalanib osngina Zip arxiv tuzing va uni qulay ravishda o'z albomingizga yuklang. Agar siz Windows XP dan foydalanmasangiz hechqisi yo'q, unda bepul Zip arxiv programmalardan foydalanishingiz mumkin. Ularni ichida eng qulaylaridan biri 7-zip dir.

Windows XP yordamida ZIP arxiv tuzish

1 - qadam: Fayllaringizni tanlang.
Hamma fayllaringizni bir qilib tanlab, keyin sichqonchani o'ng tugmasini bosing va (Send To) Отправить punktini tanlang, keyingi oynada (Compressed (Zipped) Folder) Сжатая ZIP-папка punktini tanlang. Siz tanlagan fayllarni o'z ichiga qamragan yangi ZIP fayl shu zahotiyoq hosil bo'ladi. Siz papkalarni ham shu yo'l bilan ZIP arxivga joylasngiz bo'ladi. 1 - qadam
2 - qadam (Shart emas): Arxiv nomini o'zgartirish
Agarda siz ZIP arxivingizni ommaviy albomga yuklamoqchi bo'lsangiz, siz uni "batch.zip" yoki "upload.zip" deb nomlashingiz shart. 2 - qadam 3 - qadam: ZIP arxivni bazaga yuklash
Agar siz uni shahsiy sahifangizdagi albomlarga yuklamoqchi bo'lsangiz, " Zip faylda yuklash " punktiga belgi qo'yishni unutmang. Bu belgi siz yuklayotgan ZIP arxivni albomingizga yuklayotganingizda uni ichidagi fayllarni arxivdan chiqarilib yuklanishini kafolatlaydi. Agar siz bu belgini qo'ymasangiz ZIP arxivingiz ochilmasdan o'z holicha yuklanadi. 3 - qadam

 
   ©Copyright 2008-2010 Media.SB.Uz                                                                                                                                                                                                                                               Powered By COOL